Kendall Jenner Tory Burch yangi atirining yuziga aylandi
Atir Sublime nomini oldi
Nyu-Yorkdagi Tory Burch brendi yangi Sublime atirini ishlab chiqardi. Kampaniya yuzi etib model Kendall Jenner tanlandi. Mert Alas va Marcus Piggott suratlar muallifi bo‘lishdi, Bryan Molloy esa suratga olish jarayonini uslublashtirdi.
Atirning tarkibida teri, atirgul, osmantus guli, vetiver va mandarin notalari mavjud. Atirni yaratishda parfyumerlar Rodrigo Flores-Roux va Christine Hassan birgalikda ishlashdi.
Sublime atirini Tory Burch brendining rasmiy veb-saytida buyurtma qilish mumkin.