Keyt Moss va Zara birgalikda kapsulali to‘plam chiqaradi

Unga bazm uchun garderob buyumlari kiritilgan

Fotо: Instagram / Katemossagency

Britaniyalik supermodel Keyt Moss Zara bilan ziyofatlar uchun kapsulali liboslar to‘plamini chiqaradi. Unga bayramona obrazlar, aksessuarlar va poyabzallar kiradi. Stilist Keti Ingland. Kolleksiya taqdimoti 30-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. 

Keyt kapsulaga “zarur glamur va klassik bichim uyg'unligi” deya ta'rif berdi. Shuningdek, model yengil hashamat, lekin shu bilan birga o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan narsalarni yaratmoqchi ekanligini ta’kidladi.

2007-yildan 2010-yilgacha Keyt Moss Topshop’ning taklif qilingan dizayneri edi. Bundan tashqari, 2014-yilda u xuddi shu brend bilan to‘liq kapsula to‘plamini chiqargan.

 

Maqolani baham ko'ring

Related articles