Kirill Rihterning “Vaqt qumlari” tomoshasi London Kolizeyida bo‘lib o‘tdi

Dastur O’zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan taqdim etilgan

Foto: O‘zbekiston madaniyati va san’atini rivojlantirish jamg‘armasi matbuot xizmati

Taniqli bastakor va pianinochi Kirill Rihterning “Vaqt qumlari” multimedia tomoshasining Britaniya premyerasi 11-sentabr kuni London Kolizeyida bo‘lib o‘tdi. Dastur O’zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan taqdim etilgan. 

Ushbu maftunkor va betakror tadbir musiqa, she’riyat, vizual va video qurilmalarni o‘zida jamlab, butun maydonni jonli, doimo o‘zgarib turadigan san’at asariga aylantirdi.

Rihter bilan birgalikda uning “Rihter Trio” ansambli (skripkada Alena Zinovyeva, violonchelda Avgust Krepak) va Alibek Kabdurahmanov boshchiligidagi O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri sahnaga chiqdi.

Dasturda Rihterning tanlangan asarlari, jumladan, uning “Chronos” debyut albomidan parchalar, shuningdek, FIFA Jahon chempionati va Olimpiya o‘yinlari uchun yozilgan madhiyalar yangradi.

Foto: O‘zbekiston madaniyati va san’atini rivojlantirish jamg‘armasi matbuot xizmati

Maqolani baham ko'ring

Related articles