Kuzning iliqligi: muattar simfoniya

Unutilmas iforlar davri

02 Okt 2024
Fotо: Pexels

Kuzgi parfyumni tanlash shunchaki did masalasi emas, balki o‘zingizni ifoda etish, kayfiyat va esda qolarli qiyofa yaratish usulidir. Mavsum o‘zgarishi – sizning parfyumeriya kolleksiyangizni yangilash uchun ajoyib fursat. Biz sizni kuz kunlarida iliqlik, sirli malohat va hashamat bilan to‘ldiradigan xushbo‘y hidlarni to‘plaganmiz. Olxo‘ri, charm yoki konyakning notalari bo‘ladimi – ularning har biri sizning qiyofangizga o‘ziga xos xushbo‘y joziba qo‘shadi. 

Tom Ford Tuscan Leather

Charm iforlari har doim kuzning doimiy yo‘ldoshi bo‘lib, o‘ziga hurmat va shinamlik tuyg‘usini taqdim etadi. Tom Ford Tuscan Leather bu o‘ziga ishongan shaxslarga juda mos keladigan uniseks parfyumdir. Bor-yo‘g‘i bir juft purkash va siz kun bo‘yi ko‘rinmaydigan aksessuaringiz bo‘ladigan umri uzun muattar hidga burkanasiz. Yuqori notalarda za’faron, malina va chabrets, yurakda yasmin va asosda ambra bilan charmning uyg‘unligi o‘ziga xos iforni yaratadi.

Notalar:

  • Yuqori: za’faron, malina, chabrets
  • O‘rtacha: olibanum, yasmin
  • Bazaviy: charm, zamsha, ambra, yog‘och

Byredo Mixed Emotions

Kuzgi his-tuyg‘ularning xilma-xilligini aks ettiruvchi iforni izlayotganlar uchun Byredodan Mixed Emotions mukammal tanlov bo‘lishi mumkin. Qorag’at va choy barglari aynan salqin ob-havoda to’liq ochilib, iliqlik va sokinlik hissini hosil qiladi.

Notalar:

  • Yuqori: qorag’at, mate
  • O‘rtacha: choy, binafsha bargi
  • Bazaviy: qayin, papirus

BVLGARI Omnia Crystalline

Nozik va o‘ynoqi akkordlarni qadrlaydiganlarni BVLGARI kompaniyasining Omnia Crystalline o‘zining kristal tozaligi va sofligi bilan hayratda qoldiradi. Xitoy noki va nilufar notalari yog‘och aksentlari bilan birgalikda yengillik va quvonch hissini beruvchi yumshoq, ammo yorqin atir yaratadi.

Notalar:

  • Yuqori: Xitoy noki
  • O‘rtacha: nilufar guli
  • Bazaviy: balzam daraxti

Montale Dark Purple

Bu ifor mistika va sirli jozibani o‘zida mujassam etadi. Montale’dan Dark Purple – bu qayta va qayta bosh qotirishga undaydigan haqiqiy jumboq. Olxo‘ri va apelsinning sarhil hidlari xushbo‘y atir va  atirgul bilan uyg‘unlashadi, ambra va mushk asosidagi baza esa jozibali iforni yaratadi.

Notalar:

  • Yuqori: olxo‘ri, apelsin
  • O‘rtacha: atirgul, pachuli
  • Bazaviy: ambra, mushk, “tik” daraxti

 

Kilian Angel’s Share

Hennessy oilasining merosidan ilhomlangan Kilian’s eman bochkalari va konyak notalari bilan to‘yingan Angel’s Share iforini taklif qiladi. Ushbu atir o‘zida likyorlar va dolchin, mayin loviya va sandalning nozikliklarini birlashtirib, shinamlik va hashamat hissini yaratadi. Yaxshi konyak kabi, ifor terida shirin va iliq iz qoldiradi, u sovuq kuz kunlarida isiydi.

Notalar:

  • Yuqori: konyak
  • O‘rtacha: dolchin, mayin loviya
  • Bazaviy: sandal daraxti, praline, vanil

 

Maqolani baham ko'ring

Related articles

Til tanlash

*Siz sayt menyusidan ham tanlashingiz mumkin