La Sposa Tashkent City Boulevardda: to‘y saloni yangi lokatsiyasining ochilishi qanday o‘tdi?
Har bir kelinchak o‘zining ideal ko‘ylagini topadigan joy
20-oktyabr kuni Tashkent City Boulevardda La Sposa to‘y saloni yangi doʻkonining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda nafaqat to‘y liboslari, balki maxsus tadbirlar uchun kechki liboslar ham taqdim etilgan. Dinamik DJ-to‘plamlari, tanlovlar va sovg‘ali o‘yinlar shinam va bayramona muhitni yaratdi.Moda bazmi salonda taqdim etilgan zamonaviy to‘y trendlari bilan tanishish uchun ajoyib imkoniyat bo‘ldi: nafis liboslardan tortib zamonaviy aksessuarlargacha. Salon asoschisi Yulduz Mavlyanova o‘zining mukammal to‘y ko‘ylagini izlashni endigina boshlayotgan kelinlar uchun foydali maslahatlar va yangi g‘oyalar bilan o‘rtoqlashdi:
“Men kelinlarga o‘z sezgilariga ishonib, o‘z xohish-istaklari va qulayliklarini hisobga olgan holda orzu qilgan kiyimini tanlashlarini maslahat berardim. Bu – juda muhim”.
La Sposa – O‘zbekistonda to‘y modasini rivojlantira boshlagan birinchi salonlardan biri. Yulduz Mavlyanova tufayli bu sohada nozik hamda kamtarona obrazlarga bo‘lgan tendensiya paydo bo‘ldi va ular tezda kelinlar orasida shuhrat qozondi. Bugungi kunda salonda 200 dan ortiq to‘y liboslari modellari, jumladan, Zuhair Murad, Eva Lendel, Vera Wang va Dovita Milano kabi mashhur brendlar taqdim etilgan. To‘plamlar so‘nggi tendensiyalarga mos muntazam ravishda yangilanadi, bu esa har bir kelinga o‘z orzusidagi ko‘ylagini topishga imkon beradi.La Sposa’ning asosiy xususiyatlaridan biri individual tikish imkoniyatidir. “La Sposa Atelier” o‘z atelesini ochish qarori taqdim etilgan to‘plamlar orasida o‘z kiyimlarini topa olmagan kelinlarning ko‘plab so‘rovlariga javoban paydo bo‘ldi. Endi salon mijozning shaxsiy uslubi va xohish-istaklarini aks ettiruvchi individual buyurtmalarni yaratish uchun noyob imkoniyat taqdim etadi.O‘z faoliyati davomida La Sposa minglab mamnun qizlar e’tirofiga sazovor bo‘ldi va keng ko‘lamli yuqori darajadagi xizmatlarni taklif qildi. Tajribali konsultantlar har bir kelin-kuyovga o‘zlariga mos libos tanlashda yordam berishadi, shuningdek, onalar, opa-singillar va dugonalari uchun kechki obrazlarni taklif qilishlari mumkin. Salonda, shuningdek,obrazni yanada ertaknamo qiladigan aksessuarlarni tanlash mumkin. Ko‘ylaklar kabi ularni ham harid qilish yoki ijaraga olish mumkin.
Tantanali ochilish marosimi asosiy narsani ta’kidladi: La Sposa to‘y liboslari nafislik va nafosatni birlashtiradi, klassik kamtarona obrazlar kelinchak uchun vaqt chegaralaridan tashqari ustunlik ekanligini yana bir bor isbotlaydi.Yulduz Mavlyanova yangi joyga ko‘chib o‘tish uning uchun nafaqat shaxsiy bellashuv, balki orzu-umidining amalga oshishi bo‘lganini aytdi.
“Biz birinchi salonimizni Taras Shevchenko ko‘chasida ochgan edik va uni poydevoridan boshlab yaratdik. Avvalgi joyimni tark etishim qiyin kechdi, ammo taqdir meni uzoq yillik orzuim – Yevropacha me’morchilikka ega bo‘lgan hududda chiroyli, keng salon tomon ildamlashga undadi. Qarang, biz shu yerdamiz”.La Sposa yangi lokatsiyasining ochilishi bilan Toshkentning har bir kelini nafaqat o‘zining ideal qiyofasini, balki hayotining eng muhim kuniga tayyorgarlik ko‘rish uchun ilhom olishi mumkin bo‘lgan yana bir makonga aylandi.
Reklama huquqi asosida