Lacoste yangi Olympic Heritage to‘plamini chiqardi

1924-yilgi Parij o‘yinlariga bag‘ishlangan cheklangan miqdordagi kapsula

FOTO: INSTAGRAM / LACOSTE

Parijdagi yozgi Olimpiya o‘yinlari arafasida fransuz Lacoste brendi 1924-yilgi tarixiy o‘yinlarga bag‘ishlangan yangi kolleksiyasini chiqardi. Olympic Heritage 1924 Paris nomini olgan kapsula brend arxiv siluetlarini vintage burilish bilan qayta tasavvur qiladi.

Olympic Heritage 1924 Paris kolleksiyasi moda va sportni fransuz nafisligi bilan birlashtiradi. To‘plamga klassik Petit Piqué polo-ko‘ylagi, ikki tomonlama kiyiladigan Piqué tolstovkasi (keng bichimli sviter), shortilar, pancho, kepka va boshqalar kiradi.

 

To‘plamdagi mahsulotlar barcha Lacoste do‘konlarida taqdim etiladi. Shuningdek, 1-avgust kuni brend Sharl de Goll aeroportida “Parij 1924” eksklyuziv pop-up namoyishini ochadi.

 

 

Maqolani baham ko'ring

Related articles