Lady Gaga Diorning kutyur obrazlarini namoyish etdi

Xonanda Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etdi

Fotо: Instagram / Ladygaga

Ledy Gaga o‘zining Instagram sahifasida  Dior moda uyi  kutyur obrazlarining suratlari bilan o‘rtoqlashdi. Xonanda Parij-2024 Olimpiadasining ochilish marosimida chiqish qildi.

Ledy Gaga egnida qora atlasli korset, qo‘lqop, tufli va bosh kiyimi bilan namoyon bo‘ldi. Qolaversa, Dior moda uyi raqqoslar uchun ham pushti patli kostyumlar taqdim etdi.

Namoyish davomida xonanda fransuz balerinasi Zizi Jeanmairening "Mon Truc en Plumes" ("Mening patli narsam") deb atalgan musiqasini ijro etdi.

Ochilish marosimida Celine Dion, Aya Nakamura va Axelle Saint-Cirel ham ular uchun maxsus ishlab chiqilgan Dior obrazlarida namoyon boʻlishdi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles