Lancôme’ga yangi global elchi tayinlandi
U Oliviya Rodrigo bo‘ldi
![](https://elleuzbekistan.com/wp-content/uploads/2024/11/IMG_5908.jpg)
Fransuz brendi Lancôme yangi global elchisini e’lon qildi. Bu lavozimga amerikalik aktrisa Oliviya Rodrigo tayinlandi.
“Oliviya ajoyib iste’dod va noyob hodisa, – deydi Lancôme International brendi prezidenti Fransuaza Lemann. – U o‘zida kuch va samimiyatni mujassam etgan. Oliviya o‘z davrining timsoliga aylandi: u stereotiplarni buzib, mutlaqo yangi narsalar yaratgan holda o‘z yo‘lidan dadil bormoqda”.
U bilan birinchi reklama kampaniyasi yil oxirida taqdim etiladi.