Le Labo’dan EUCALYPTUS 20
Brendning asosiy liniyasida yangi atir
![](https://elleuzbekistan.com/wp-content/uploads/2025/02/x-8.png)
Nyu-York parfyumeriya brendi Le Labo o‘zining yangi “EUCALYPTUS 20” parpyumini taqdim etdi. Brend ta’kidlashicha, bu atir tabiat bilan uyg‘unlik tinchlik baxsh etadigan manzaralar kayfiyatini ifodalaydi. Evkalipt va sahro vohasidan ruhlanib yaratilgan ushbu atir tabiatning beqiyos go‘zalligini o‘zida mujassam etgan. Atir tarkibida evkalipt va kedrning yengil tarovat beruvchi notalari mavjud bo‘lib, ular labdanumning iliq teri hidiga muvozanat beradi hamda mushk va xushbo‘y yelimdan iborat asos bilan to‘ldirilgan.