Lily Rose-Depp yangi Chanel Beauty kampaniyasida
Yozgi yorqin va yaltiroq ranglar kamalagi
Fransuz uyining ambassadori Lily Rose-Depp Chanelning beauty yoʻnalishidagi yangi loyihasida suratga tushdi. Modelning pardozi limon-binafsha rang koʻz usti chiziqlari va yengil shimmerdan iborat.
Chanel Beauty Summer 2024 toʻplami ertaknamo tabiat olamidan ilhomlangan holda “Jardin Imaginaire” (Xayollar bogʻi) deb ataladi. Yangi mahsulotlar vizajist Ammy Drammeh hamda Valentina Li (brendning vizajistlari va ijodiy hamkorlari) hamkorligida birgalikda ishlab chiqilgan.
Mahsulot buyurtma uchun “Chanel” rasmiy saytida mavjud.