Loewe brendi Squeeze sumkasini tayyorlash jarayonini ko‘rsatdi

Brend mashhur model haqidagi qiziqarli ma’lumotlarni ham bo‘lishmoqda

Fotо: Instagram / Loewe

Ispaniyaning Loewe moda uyi o‘zining mashhur Squeeze sumkasi modelining ishlab chiqarilish jarayoni va u haqidagi qiziqarli ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashdi. 

Modelning dastasi 3D printerda chop etilgan materiallardan tayyorlangan, sumkaning o‘zi esa buklanuvchi shaklda bo‘lib, nappa terisidan ishlab chiqarilgan. 

 

Squeeze sumkasi 2023-yilda paydo bo‘lib, tezda moda ishqibozlari va inflyuyenserlar orasida sevimli bo‘lib qoldi. Ushbu model turli xil ranglarda taqdim etilgan bo‘lib, uning qo‘lda munchoqlar bilan bezatilgan cheklangan nusxalari ham mavjud.

Maqolani baham ko'ring

Related articles