Londonda Jeyms Bondning dunyodagi birinchi “007” bari ochildi

Bar Burlington Arcade savdo markazida joylashgan

Fotо: Instagram / Burlington Arcade

Londonning Burlington Arcade savdo markazida Jeyms Bondning dunyodagi birinchi “007” bari ochildi.

Makonda Aston Martin DB5 dan ilhomlanib qoʻlda ishlangan uchta maket havoda muallaq namoyish etilgan. Gilamlarda aktyorning filmlaridagi mashhur iboralari oʻz aksini topgan. Muxlislar uchun qahramonning maxsus esdalik buyumlari keng tanlovi, jumladan, Fort Knox oltin quymalari, Goldfinger golf poyabzallari va hatto Odjobe shlyapasi ham taqdim etilgan. 

Bundan tashqari, barda Bond Omega soatlari to‘plami, shu jumladan 2917 Seamaster Diver 300M Commander’s va 2019-yilgi Seamaster Diver 300M Jeyms Bond Limited Editionning sariq oltindan yasalgan modeli mavjud.

Jeyms Bondning «007» bariga 2024-yil 31-dekabrgacha tashrif buyurish mumkin.

Maqolani baham ko'ring

Related articles

Til tanlash

*Siz sayt menyusidan ham tanlashingiz mumkin