Louis Vuitton o‘zining “By the Pool” to‘plamini taqdim qildi
Kapsuladan plyaj uchun liboslar va aksessuarlar joy oldi
Fransuz moda uyi maxsus yozgi ta’til uchun mo‘ljallangan to‘plamni ishlab chiqardi. By The Pool to‘plamiga turli suzish kiyimlari, plyaj rubashkalari, shimlar, shortilar, kombenezonlar, shoyi ro‘mollar, panamalar, sumkalar va yorqin ranglardagi oyoq-kiyimlar kiradi.
Louis Vuitton dizaynerali matolarni ishlab chiqarganda portugal Azulejos naqshlari va moviy rang (azurit minerali rangi) bilan ilhomlanishgan. Bu rangdan tashqari to‘plam yorqin koral rangi, ko‘k, pushti, qum rang va oq ranglardan ham iborat.
Twist sumkalari juda rang-barang gulli naqshlarda namoyon bo‘ldi, Capucines sumkasi esa endi rotang, uzumdan iborat o‘rama materialda namoyon bo‘ldi. OnTheGo, Cuoussin va Neverfull klassik sumkalari rafiya va denimdan ishlandi. By the Pool to‘plamidan shuningdek yoga uchun gilamchalar, gamaklar va ping-pong o‘yini uchun raketkalar ham joy oldi.
To‘plamning taqinchoqlar kolleksiyasiga kolye, ziraklar, bilakuzuklar va uzuklar ham kiradi. Ba’zilarini rang-barang tiniq marjonlar bezatgan.
By the Pool kolleksiyasi bilan Louis Vuitton saytida tanishing на сайте.