Louis Vuitton olimpiada olovini tashish uchun keys ko‘rsatdi
Mash’ala brendning maxsus jamadonida taqdim etildi
Louis Vuitton 2024-yil Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlari mash’alasini tashish uchun keys taqdim etdi. Mathieu Lehanneu mazkur loyiha muallifi bo‘ldi.
Jamadonning tashqi tomoni shaxmat taxtasi kabi katak-katak tasvirlardan iborat qalin matodan, ichki tomoni esa jilosiz qora charm bilan qoplangan. Keys ko‘rinishi brendning an’anaviy bezaklari, misdan yasalgan temir burchaklar va qulflar bilan to‘ldirilgan.
LVMH kompaniyasi 2024-yil yozgi Olimpiya o‘yinlarining bosh homiysi hisoblanadi. Avvalroq ular ko‘ngillilar uchun maxsus kiyim va medallar uchun patnislar taqdim etgan.