Louis Vuitton Takashi Murakami bilan hamkorlikda yangi loyiha taqdim etadi
Ilk hamkorlikdan 20 yil o‘tib

Louis Vuitton moda uyi yapon rassomi Takashi Murakami bilan yangi hamkorlikni e’lon qildi. Birinchi qo‘shma kolleksiya taqdim etilganidan 20 yil o‘tdi. Hamkorlik tafsilotlari hozircha ma’lum emas.
Kolleksiya kelgusi yil 1-yanvarda taqdim etilishi kutilmoqda.