Louis Vuitton uchta yangi pop-up do‘konini ochdi
Portofino, East-Hampton va Mykonosda
Yozgi ta’tilning eng qizg‘in pallasida Louis Vuitton bir vaqtning o‘zida uchta yangi pop-up do‘konini ochdi: Portofino, East-Hampton va Mykonosda.
Mavsumiy butiklarda LV By The Pool kolleksiyasiga oid kiyim-kechaklar, sumkalar va aksessuarlar taqdim etilgan.
Louis Vuittonning rasmiy saytida oldindan yozilish orqali yozgi pop-up do‘konlariga tashrif buyurish mumkin.