Louis Vuittoning Pekindagi ko‘rgazmasi
Unda nemis rassomi Albert Olenning oltita kartinasi namoyish etilgan
Fondation Louis Vuitton «Hors-les-murs» dasturi doirasida brend Pekinda nemis rassomi Albert Olenning oltita kartinasi bilan yangi Malerei ko‘rgazmasini ochdi. Uning asarlari noziklik, qo‘pollik, rang va noaniqlikni birlashtirgan konseptual va zamonaviy rangtasvirni birlashtiradi.
Ushbu tadbir sharafiga moda uyi xitoylik qo‘shiqchi va raqqos Xu Minghao (The8) ishtirokida videolavha ham taqdim etdi. Unda u Malerei loyihasi haqidagi o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashadi.
Malerei ko‘rgazmasini 27-oktyabrgacha Louis Vuitton brendining rasmiy sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib ko‘rish mumkin.