LVMH “Formula-1”ning global hamkoriga aylandi
Poygalarni tashkil etish kelasi yilning mart oyiga rejalashtirilgan
LVMH konglomerati Formula-1ning yangi global hamkoriga aylandi. Kelgusi yilning mart oyidan boshlab kompaniya Melburndagi sayyoraning eng nufuzli poygalari- “Gran-pri”ni boshlab beradi. Shartnoma 10 yilga imzolangan.
“Odamlar, mukammallikka intilish va innovatsiyalarga bo‘lgan ishtiyoq moda uyi va “Formula-1” faoliyatining asosini tashkil etadi. Avtosportda, xuddi modadagi kabi, muvaffaqiyat yo‘lida har bir detal muhimdir. Aynan shu izlanishning doimiyligi nafaqat ustaxonalarimiz, balki butun dunyo bo‘ylab turli manzillarni zabt etishga ilhomlantiradi. Biz ushbu noyob hamkorlikka aynan shu maʼnoni olib kirmoqchimiz”, - deydi LVMH jamiyati bosh direktori Bernard Arno.