LVMH Watch Week 2025

Guruhning yetakchi brendlaridan bir qator ajoyib yangiliklar

07 Fev 2025
Foto: instagram/zenithwatches

LVMH Watch Week shu yil Parij va Nyu-Yorkda o‘tkazildi, bu tadbir avval Los-Anjelesda o‘tkazilgan. Unda LVMH ning to‘qqizta soat brendi, jumladan TAG Heuer, Hublot, Zenith, Tiffany&Co., Bulgari, Louis Vuitton va yaqinda sotib olingan L’Épée 1839 ishtirok etdi.

Taqdim etilgan yangiliklar orasida quyidagilar alohida e’tiborga molik:

Hublot Big Bang Tourbillon Automatic Green Saxem

Hublot yorqin yashil Saxem materialidan yasalgan Big Bang Tourbillon Automatic Green Saxem modeli bilan hayratda qoldirdi. Soat avtomatik turbiyon bilan jihozlangan va materiallardan foydalanishda brendning innovatsion yondashuvini namoyish etadi.

Foto: instagram/hublot

Bulgari Lady Solotempo BVS100

Rim uyi Serpenti’ning mashhur “ilon” motivini qayta talqin qildi. Lady Solotempo BVS100 modeli Bulgari manufakturasida bir necha yil davomida ishlab chiqilgan noyob avtomatik kalibr bilan jihozlangan. Bu soat miniaturyura turbiyon, brilliantli bezel va ilon tangachalari uslubidagi tasma bilan ajralib turadi.

Foto: instagram/bvlgari

Daniel Roth Extra Plat Souscription

Daniel Roth 1990-yildagi klassik dizaynning zamonaviy talqini bo‘lgan Extra Plat Souscription modelini namoyish etdi. Soat minimalistik va yupqa korpusi bilan ajralib turadi, bu nafislik va mahoratni ta’kidlaydi.

Foto: instagram/danielrothofficial

Louis Vuitton Tambour Taiko Spin Time

Louis Vuitton Tambour Taiko Spin Time modelini taqdim etib, Tambour asosiy liniyasini rivojlantirishni davom ettirdi. Soatlar aeroportlar va temir yo‘l vokzallaridagi o‘zgaruvchan tablo jadvallaridan ilhomlangan. Model oltita cheklangan versiyada taqdim etilgan.

Foto: instagram/lafabriquedutemps

L'Épée 1839 Grenade

LVMH konserni L’Épée 1839 tarixiy brendini sotib oldi. XIX asrda asos solingan brend dastlab soat mexanizmlari, musiqa qutilari va kareta soatlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan. Bugungi kunda L’Épée o‘zining noyob interyer soatlari bilan mashhur. Vaqtni sozlash halqasiga ega Grenade modeli granata shaklida yasalgan.

Foto: instagram/lepee_1839

TAG Heuer Formula 1 Chronograph

TAG Heuer o‘zining Formula 1 kolleksiyasini beshta xronograf bilan kengaytirdi, ular orasida Oracle Red Bull Racing jamoasi bilan hamkorlikda yaratilgan maxsus model ajralib turadi. U brendning avtosport bilan chuqur aloqasini ta’kidlaydi.

Foto: instagram/ltagheuer

Tiffany Bird

LVMH Watch Week ilk bor taqdim etilgan Tiffany Bird soatlari yuksak soatsozlik san’atining zamonaviy namunasidir. Ular dizaynerning "Qoyadagi qush" to‘g‘nog‘ichidan ilhom olib, tabiiy feruza siferblatga ega bo‘lib, unda cheksiz moviy osmon va 800 ta brilliant bilan bezatilgan ikkita qush tasvirlangan. Ularni yaratish uchun Tiffany&Co. ustalari 100 soatdan ortiq vaqt sarflashgan.

Foto: instagram/tiffanyandco

Tiffany & Co. Twenty Four Stone

Tiffany & Co. ning Twenty Four Stone modeli fransuz zargari Jan Shlyumberjega bag‘ishlangan. Siferblatda 1959-yilda Shlyumberje tomonidan yaratilgan Sixteen Stone uzuklarining “chok” motivi tasvirlangan. Bu choklar umumiy og‘irligi 6,5 karat bo‘lgan 707 ta brilliantdan iborat pave bilan to‘ldirilgan.

Foto: instagram/tiffanyandco

Zenith Chronomaster Sport Rainbow

Zenith qimmatbaho toshlardan foydalangan holda yorqin dizayni bilan e’tiborni tortadigan Chronomaster Sport Rainbow modelini taqdim etdi. Ushbu model brendning hashamatli va innovatsion soatlar yaratishdagi intilishini aks ettiradi.

Foto: instagram/zenithwatches

LVMH Watch Week 2025 brendlarning innovatsiyalarga intilishi va soatsozlik san’ati an’analarini saqlab qolishga bo‘lgan sadoqatini namoyish etdi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles