Marc Jacobs kuz mavsumi 2024 kampaniyasini namoyish etdi
Videorolikda Cardi Bi, Alex Consani, Clairo, Kai Cenat, Lil Uzi Vert va boshqalar suratga tushishgan
Marc Jacobs modalar uyi 2024-yil kuz mavsumi uchun kolleksiya kampaniyasini namoyish etdi. Videoda qo‘shiqchi Cardi Bi va Clairo, repper Lil Uzi Vert, model Alex Consani va boshqalar suratga tushishgan. Tasvirga olish uslubini Alastair Mckimm ishlab chiqdi, suratga olish jarayonini esa Harmony Korine olib bordi.
Kapsulada qizil tuslar ustunlik qiladi. Shuningdek, zebra naqshi ham ko‘zga tashlanadi. Modellar safiga aksessuarlar, taqinchoqlar va mashhur sumka namunalari ham qo‘shilgan.
2024-yil kuz kolleksiyasini Marc Jacobs brendining rasmiy saytida buyurtma qilish mumkin.