Margot Robbie Chanel №5 iforining yuziga aylandi
Brend oktyabr oyida yangi reklama jarayonlarini taqdim etadi
Chanel modalar uyi avstraliyalik aktrisa Margot Robbie bilan hamkorlikni rasman e’lon qildi. U brendning o‘ziga xos ifori – Chanel №5 ning yuziga aylandi.
Reklama kampaniyasi oktyabr oyida chiqadi, unda aktyor Jacob Elordi ham ishtirok etadi.
Reklama jarayonlarini suratga olish Luca Guadagnino’ga topshiriladi. Suratlar muallifi esa Karim Sadli bo‘ladi.
Chanel №5 ilk bor 1921-yilda ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘shandan buyon dunyodagi eng mashhur atirlardan biri hisoblanadi. Ilgari bu atirni Marilyn Monroe, Nikol Kidman va boshqa taniqli shaxslar targ‘ib qilishgan.