Mathieu Forget ob’ektivi orqali sport va san’at

"Havodagi sport" - san’atning ruhi bilan sportning qalbi uchrashadigan joy

Foto : Instagram / forgetmat

"Bu yerda rassomning mahorati - originalni qo‘ldan boy bermagan holda original bo‘lishdadir.  Mathieu’ning tennis atrofidagi tasvirlarining tennisdan uzoqlashishi sababi faqatgina unga yanada yaxshiroq ko‘rinishda qaytish uchun" - deydi Fransiya tennis chempioni Yannik Noa.

Ko‘pchilik Forgetmat nomi bilan taniydigan Mathieu Forget - harakat va levitatsiya san’atiga ixtisoslashgan jahonga mashhur rassom va ijodiy direktor.

Asli parijlik bo‘lgan Mathieu Forget  - raqs ustasi, fotograf va ijrochi. U bir vaqtning o‘zida raqamli va real bo‘lgan raqsning yangicha talqinini mujassamlashtirgan.

U o‘zidan ustun kelib, turli uslublarni uyg‘unlashtirgan holda, o‘zini erkin ifoda etishni rag‘batlantirmoqda. "Uchuvchi odam" taxallusi bilan ham tanilgan Mathieu , millionlab ko‘rilgan g‘ayrioddiy suratlar va videolari bilan tortishish qonunlariga qarshilik ko‘rsatmoqda.

Arxitekturaga qiziqishi tufayli u atrofdagi dunyoni surrealistik va she’riy g‘oyalar orqali ko‘rsata oladi.

Fotograf va raqqos sifatida Mathieu Forget o‘zini go‘yoki vaznsizlikdagi kabi ajoyib kadrlarda namoyish etadi.

Uning "Havodagi sport" nomli birinchi badiiy fotoalbomi Parij 2024 Olimpiadasi arafasida 2,5 yillik tinimsiz mehnat va ijodiy izlanishlardan so‘ng chop etildi. U sport va madaniyat uyg‘unligiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda 30 dan ortiq mashhur fransuz sportchilari ishtirok etgan.

"Havodagi sport" - bu shunchaki tasvirlar to‘plami emas; bu sport va san’at nuqtai nazaridan olingan sportchilarning nafosati, kuch-qudrati va yengilmas ruhining isbotidir. Ushbu turkumdagi har bir surat sportchilarning jismoniy mahoratidan ko‘progʻini ko‘rsatib, ularning ichki ijodkorligini namoyon etadi

"Havodagi sport" asarlar turkumi sport va madaniyat o‘rtasidagi tafovutni bartaraf etishga qaratilgan bo‘lib, birlik va o‘zaro minnatdorlik tuyg‘usini mustahkamlashga xizmat qiladi. Bu san’at va sportning umumbashariy tili yordamida insoniyatning umumiyligini ulug‘lash orqali odamlarni birlashtirishga da’vatdir.

Maqolani baham ko'ring

Related articles