Max Mara bahor-yoz 2025 kolleksiya namoyishini o‘tkazdi
Intizomdan ilhomlanish
Max Mara ijodiy direktori Ian Griffith uchun kolleksiya yaratishda fan va sehrli olam ilhom manbai bo‘ldi. Tushunarli va nozik kiyimlar jigarrang, qora va qaymoq ranglarning muloyim ohanglarida tayyorlangan.
Kristall oq, to‘q ko‘k, yorqin kumush va mis ranglari ham bahor-yoz 2025 mavsumiy kolleksiyasining bir qismiga aylandi. Uzun maksi yubkalar oq ko‘ylaklar bilan uyg‘unlashgan, trikotaj ko‘ylaklar esa modellarning qomatiga urg‘u bergan. Zamshadan tikilgan kamzullar va tik yoqali pidjaklar obrazlarni yakunlab bergan.
Ian Griffith sumkalarni qo‘llarni bo‘sh qoldirish uchun belda taqib yurishni tavsiya etmoqda. Yunon sandallari uslubidagi bosonojkalar poyabzal to‘plamini yanada boyitdi.