London Fashion Week rasman boshlandi

Londonda Fashion Week’ning yangi mavsumi boshlandi va ilk kunning o‘ziyoq shaharga xos kayfiyatni belgilab berdi: tezkor, dadil va biroz betartib. Dastur Paul Costelloe namoyishi bilan ochildi, undan keyin Keburia, Agro Studio, Maximilian Raynor, Mithridate, Mark Fast, Harris Reed va boshqa brendlar o‘z kolleksiya va taqdimotlarini namoyish etdilar. Kunni esa H&M’ning kechki shousi yakunladi.

Bu safar London Fashion Week mehmonlarini kutilmaganda iliq ob-havo bilan ham siyladi — namoyishlar orasida harakatlanish va, albatta, street style uchun ayni muddao.

Har doimgidek, eng qiziqarli moda voqealari faqat podium bilan cheklanib qolmadi. Namoyishlar o‘tayotgan joylar atrofidagi ko‘chalar ham alohida runway’ga aylandi: ko‘p qatlamli obrazlar, kutilmagan kombinatsiyalar, yorqin aksessuarlar va London street style’iga xos erkinlik.

London Fashion Week’ning birinchi kunidagi eng yorqin street style obrazlarini tomosha qilamiz.

Photo: Diana Andrunyk

 

Maqolani baham ko'ring

Related articles