Mermaidcore: boshi bilan dengizga shoʻngʻib
"Ilhom toʻlqinlari" deb nomlangan oy mavzusini davom ettiramiz
Kun tartibidagi yana bir "core". Va bu safar u suv parilarining estetikasiga ishora qiladi. Ularning atrofida oʻziga jalb qiladigan va diqqat-eʼtiborni tortadigan juda ko'p afsonalar va sirlar mavjud. Oʻtgan mavsumda mashhurlik choʻqqisida boʻlgan mermaidcore tendensiyasi oʻzingizni suv osti dunyosiga daxldor his qilishingizga yordam beradi - bunga TikTok oʻz yordamini koʻrsatdi.
"Kichik suv parisi" ("Русалочка") filmi, "H20: shunchaki suv quy" ("Н20: просто добавь воды") teleseriali yoki dizaynerlik shoularidan ilhomlanish mumkin. Trendning takrorlanuvchanligi, bizga yana 2000-yillarning tendensiyalarini hamda kichik mermaidcore tendensiyalari, yilning har bir iliq mavsumda dolzarb boʻlishini eslatib oʻtadi.
Mermaidcore uslubida sepilgan "tangachali" payetlar, marvaridlar, yaltiroqlar, uchar matolar va suv bilan namlanganga oʻxshash siluetlar yordamida bezatilgan niqoblar bilan tavsiflanadi. Ranglar orasida binafsha, lavanda, zangori va kumush tuslar ajralib turadi.
Mermaidcore turli xil talqinlarni qabul qiladi: Modalar uyi plissirlangan fasonlarga va shifonlarga, sochlardagi marvarid iplariga, toʻkilib turadigan koʻylaklar va siluetni bildirib turuvchi yubkalariga, yarim shaffof longsliv va toplarga eʼtibor qaratishdi.
Agar suv parisi koʻrinishini jonlantirishga jurʼatingiz yetsa, unda aksessuarlarga eʼtibor qarating: straza va payetli sumkalar, poyabzal va dengiz mavzusidagi zargarlik buyumlari ham mermaidcorega xos boʻladi. ELLE ushbu tendensiyaning misollar toʻplamini taqdim etadi.