Met Gala 2024: yilning asosiy moda kechasi qanday o‘tdi

Mavzu: «Uyqudagi go‘zallar: modaning uyg‘onishi». «Vaqt bog‘i» dress kodi bilan.

06 Iyun 2024

Har yili New Yorkdagi Kostyumlar Instituti may oyining birinchi dushanbasida o‘tkaziladigan Met Gala baliga mezbonlik qiladi. Tadbir Metropoliten muzeyida “Uyqudagi go‘zallar: moda uyg‘onishi” ko‘rgazmasining ochilishi bilan bog‘liq bo‘ldi. Uning maqsadi – ortiq kiyib bo‘lmaydigan eksponatlarning namoyishi edi.

Met Gala ko‘rgazma nomidan kelib chiqib mavzu tanlab oldi, dress-kod sifatida esa “Vaqt bog‘i” tanlandi.

Strazalar, qushlarning siluetlari va qush panjasiga o‘xshash poyabzaldan iborat Thom Browne transformer libosini – Rebecca Ferguson tanladi. Elle Fanning uchun yelkalaridagi billur qushlar ifodalangan nozik Balmain libosi yaratildi.

Xonanda Tayla o‘z ko‘rinishi uchun vaqt va noziklik mavzusini tanladi. Shunday qilib, u Met Gala yo‘lagida bir necha qum turlaridan yaratilgan Balmain kostyumida paydo bo‘ldi. Qo‘lida esa qum soatini ushlab turardi. To‘g‘ri, Tayla o‘zi zinapoyalardan mustaqil harakatlana olmadi – uni bir joydan ikkinchi joyga ko‘tarib olib borishdi. Yo‘lakdan qoyilmaqom o‘tganidan so‘ng Taylaning o‘tira olishi uchun Balmain Uyining kreativ direktori Olivier Rousteing qumli qismni kesib tashladi.

Kim Kardashian Maison Margiela yaratgan metall kumush ko‘rinishini o‘ziing kardigani bilan to‘ldirdi. Uning singlisi Kylie betakror Oscar de la Renta libosini tanladi.

Phoebe Dynevor ham nafis ko‘rinishni tanladi. Aktrisa och pushti rangli libos uchun Victoria Beckham brendiga murojaat qildi. Yengil mato ostida kichik gullar yashiringan edi.

Kendall Jenner yo‘lakda 1997-yilgi Alexander McQueen davridagi Givenchy arxiv libosida tashrif buyurdi. Zendaya faqat bir libos bilan cheklanib qolmaslikka qaror qildi: u Maison Margiela va John Galliano liboslarida edi. Lana Del Reyning ko‘rinishi Seán McGirr tomonidan yaratilgan libos bo‘lib, 2006-yilda Aleksander McQueen asariga ishora qilardi.

2024 yil Met Gala fashion shousida gullar va qushlar timsollari yetakchilik qildi va buyuk brendlar Alexander McQueen va John Galliano g‘oliblarga aylanishdi – ushbu maqolada aynan shu tadbir yoritilgan.

Maqolani baham ko'ring

Related articles

Til tanlash

*Siz sayt menyusidan ham tanlashingiz mumkin