Michael Kors brendi yangi Timeless kampaniyasini namoyish etdi
Kampaniya yuzi sifatida Julia Nobis, Lina Zhang va Anok Yai ishtirok etgan
Michael Kors Timeless nomli 2024-yil kuz-qish reklama kampaniyasini namoyish etdi. Kampaniya yuzi sifatida Julia Nobis, Lina Zhang va Anok Yai ishtirok etishgan. Suratga olish ishlarini Carlos Nazario uslublashtirgan. Suratlar mualliflari Inez Van Lamsweerde va Vinoodh Matadin bo‘ldi.
«Ushbu kolleksiya bir paytning o‘zida zamonaviylik va mangulikka bag‘ishlangan. Tasvirlarda biz ham liboslar, ham modellardan taralayotgan kuchni yetkazib berdik», – deya qayd etishdi modalar Uyida.
Yangi to‘plamda yumshoq trikotaj, naqshinkor to‘r (krujevo) va atlas matolardan tayyorlangan kiyimlarning aniq bichilgan kostyumlar, shuningdek, 1930 hamda 1990-yillar ruhidagi jiddiy ustki kiyimlar bilan uyg‘unlashuvi kuzatiladi. Liboslar shokolad, fil suyagi, leopard, bundan tashqari qora va oq ranglarda namoyish etiladi. Aksessuarlar safini zanjirli va M-simon tutqichli Manhatta sumkasi to‘ldirdi.
Timeless kolleksiyasi buyurtma uchun Michael Kors brendining rasmiy saytida mavjud.