Millionlar tanlovi: mukammal teri uchun mashhur koreys niqoblari
Chiroyli va yorqin terini uyda yaratamiz
Koreys kosmetikasi jadallik bilan O‘zbekiston bozorini zabt etmoqda. Bugungi kunda, terini parvarish qilishni Osiyo mahsulotlarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Bu mahsulotlarga bo‘lgan muhabbat o‘zbekistonliklar orasida alohida ahamiyatga ega. Bu mahsulotlarning borligi, xilma-xilligi va ularning noyob tarkibi terining muammoli joylarida yordam berishiga va’da bermoqda.
Asosiy ishlab chiqaruvchi – Janubiy Koreya. Aynan shu mamlakat ideal teri va terini ko‘p bosqichli parvarish qilishni modaga kiritdi. Janubiy Koreya ishlab chiqaruvchilarining kosmetika mahsulotlari tarkibi bilan o‘tkazgan tajribalari butun dunyo ishonchini qozonib, katta muvaffaqiyatga erishdi.
Koreys niqoblari bilan terini har kuni parvarish qilish bu – sog‘lom va yorqin teriga muhim qadamdir. Mahsulotni to‘g‘ri qo‘llash, yengil pilinglar va muntazam namlik bilan terini ushlab turish kosmetologga borish zaruratini keskin kamaytiradi. ELLE O‘zbekiston Koreyaning eng mashhur niqoblarini to‘pladi.
Nega yuz niqoblari juda mashhur?
Koreys kosmetika mahsulotlari faol moddalarning yuqori konsentrasiyasi, innovatsion formulalar va ulardan foydalanish qulayligi tufayli turli xil teri muammolarini hal qilishga qaratilgan.
Sulwhasoo First Care Activating Mask
Jenshenning foydali xususiyatlari tufayli Koreyada uni ming yillar davomida ishlatib kelishmoqda. Sulwhasoo mato niqobining asosiy tarkibi bo‘lgan jenshendan First Care Activating VI yuz zardobini yaratishda qo‘llanilgan. U teri to‘sig‘ini yaxshilab, terini sog‘lom va yosh ko‘rsatadi.
Niqobning mato asosi tut qog‘ozidan bo‘lib, alohida qadoqlangan, bu esa uni sayohatga ham o‘zi bilan olib borish uchun juda qulayligini ko‘rsatadi.
Dr. Jart+ Cryo Rubber Mask
To‘plamning alohida yo‘nalishida 4 xil niqob taqdim etildi. Gialuron, kollagen, oqartiruvchi va toraytiruvchi niqoblari. Yangi formatdagi niqob ikki bosqichli. Avval ampuladagi suyuqlikni suramiz, so‘ng gidrogel niqobidan foydalanamiz.
Har bir go‘zallik mahsuloti terini tinchlantirishga, oqartirishga, terini tekis qilishga, shuningdek, namlantirib tortishga mo‘ljallangan.
Biodance Bio-Collagen Real Deep Mask
Shu yilning eng mashhur va yaxshi sotilayotgan niqobi. Mahsulotni yuzga surtib, 3-4 soatga qo‘yib qo‘yish kerak. Shu vaqt mobaynida gidrogel shaffof bo‘lib, teri namlanadi va oziqlanadi. Asosiy tarkibi: kollagen, galaktomisis, niasinamid.
Tony Moly I’m Real Sheet Mask
Taklif etilayotgan turli xil faol moddalarga ega bo‘lgan bir qator niqoblar namlantirishdan tortib oqartirishgacha bo‘lgan natijani beradi. Uch qavatli mato asosi tarkibida limon, aloe, guruch, pomidor kabi tabiiy mahsulotlarni o‘z ichiga olgan zardob bilan singdirilgan.
Dr.Jart+ Cicapair Sleepair Intensive Repair Night Mask
Tungi niqob uyqu paytida quruq teriga qarshi kurashishga yordam beradi. Tarkibi o‘tlar, minerallar va Osiyo sensellasi bilan boyitilgan. Terini namlantiradi, yumshatadi va tinchlantiradi.
Laneige Cica Sleeping Mask
Tirnash xususiyatini beruvchi qizarishga moyil teri uchun Laneige brendining tungi niqobi to‘g‘ri keladi.
Asosiy tarkibiy qismi Janubiy Koreyaning Chedjudo orolida o‘sadigan yovvoyi xamirturush ekstrakti. U nozik terini namlab, teri to‘sig‘ini mustahkamlaydi.
Erborian Milk & Peel Mask
O‘zining silliqlash xususiyati bilan tanilgan kunjut suti tanadan o‘lik hujayralarni qirib tashlaydi. Milk & Peel niqobi teriga yorqinlik berib, terini 5 daqiqa ichida yaxshilaydi.
CosrX Advanced Snail Mucin Power Sheet Mask
Selyulozadan tashkil topgan niqob yuzning terisiga mustahkam o‘rnashib, to‘yingan tarkibga samarali singdirilishiga imkon beradi. Tarkibida regeneratsiya xususiyatlari bilan mashhur shilliqurt musini (shilliqurt musini – shilliqurtdan ajralib chiqadigan shilliq)bor. U o‘z ichiga kollagenni olgani uchun teri namlanadi, oziqlanadi va yosharadi.
Niqoblardan qanchalik tez-tez foydalanish mumkin?
Niqoblarni qo‘shimcha parvarish sifatida haftada 1-3 marta ishlating. Yoz mavsumi uchun matoli niqoblar qo‘l keladi. Ularni bir necha daqiqaga muzlatkichga qo‘ysangiz bo‘ladi. Sovitilgan niqoblar terini yaxshilaydi. Niqobni yotgan holatda qo‘yish afzal. Shunda undagi foydali moddalar teriga ko‘proq va tezroq singadi. Sovuq mavsumda bunday go‘zallik mahsulotlari terini foydali elementlar bilan namlantirib, teridagi quruqlikni va g‘adir-budirlikni kamaytiradi. Bu esa sovuq mavsumda juda zarur.