Miu Miu Art Basel jamoat dasturining hamkoriga aylandi

Brend maxsus Tales & Tellers loyihasini taqdim etadi

Fotо: Instagram / Miumiu

Italiyaning Miu Miu modalar uyi Parijdagi Art Basel jamoat dasturining rasmiy hamkoriga aylandi. Brend Tales & Tellers maxsus loyihasini taqdim etadi.

Loyiha mualliflari – rassom Goshka Macuga va Barselona zamonaviy san’at muzeyi direktori Elvira Dyangani Ose. Loyiha Miu Miu Women’s Tales qisqa metrajli filmlari namoyishini o‘z ichiga oladi. Shuningdek, brend to‘plamlari doirasida yaratilgan turli ijodkorlar bilan kollaboratsiyalar ham amalga oshiriladi.

  

Art Basel dasturi doirasida o‘tkaziladigan "Tales & Tellers" loyihasi 16-oktyabrdan 20-oktyabrgacha Parijdagi Yena saroyida keng jamoatchilik uchun ochiq bo‘ladi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles