Moda haftaligining asosiy soch turmaklari

Sinab ko‘rish kerak bo‘lgan trendlar

04 Okt 2024
Фото: Spotlight

Nyu-York, Milan va Parijdagi moda haftaliklari ortda qoldi, podiumlarda tomosha qilsa arziydigan hodisalar ro'y berdi.  Aql bovar qilmaydigan liboslardan tashqari, barchaga kelajakdagi byuti-tajribalar uchun trend bo‘ladigan soch turmaklari ham e’tiborni tortdi. Biz tomoshabinlarning qalbini zabt etgan va go‘zallik olamida tobora yangi yo‘nalishga aylanib borayotgan eng zamonaviy va esda qolarli soch turmaklarini to‘pladik.

90-yillarning hajmdor turmaklari

Afsonaviy 90-yillarni eslatuvchi dadil va jur'atli hajmdor soch turmaklari podiumlarga qaytib keldi. Biroz betartib, hurpaygan sochlar ozodlik va isyonning ramziga aylandi, erkin, ammo ta’sirchan qiyofani mukammal tarzda ifoda etdi. Ushbu turmaklar obrazga yangilik va dinamika qo‘shadi, granj notalar esa dadil uslub muhitini yaratadi.

Misol: Parijdagi Ottolinger ko‘rgazmasida modellar bir zumda trendga aylangan hajmli turmaklarni namoyish etdi.

Foto: Spotlight

Yengil betartiblik

Modada go'zallik g'oyasini tabiiy ravishda, go'yo o'ramdan ajralgan iplar singgari tarqalgan sochlarning maftunkorligidan bo'lak hech narsa batafsil ta'riflab berolmaydi. Betartiblik bu yerda nozik va beparvo tabiiy maftunkorlik taassurotini uyg'otadi. Bu kabi yondashuv obrazni boyitib uning soddaligiga urg'u beradi.

Misol: Milanda Luisa Spagnoli tartibsiz tolalar obrazning nafis qo‘shimchasi bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatdi.

Foto: Spotlight

Silliq yig’im

Mukammal silliq, tartib bilan bog’langan yig’im nafislik va minimalizmni o‘zida mujassam etadi. Bunday soch turmagi qat’iy, rasmiy tadbirlar uchun ham, oqshom uchun ham juda mos keladi, ko‘rinishni nafis va ayollarga xos qiladi.

Misol: Nyu-Yorkda Carolina Herrera modellar uchun silliq bog‘lamni tanladi, bu ularga nafislik va kamtarin hashamat qo‘shdi.

Foto: Spotlight

Tabiiy sochlar

Kelgusi mavsumda sochlardagi tabiiylik tez sur’atlarda ommalashadi. Yoyilgan sochlar erkinlik va qulaylik tuyg‘usini ifodalaydi. Bu yetakchi dizaynerlar uzoq vaqtdan beri tarannum etib kelayotgan tabiiy go‘zallik qasidasidir. Ortiqcha elementlari yo'q turmaklar o'ziga xoslik va tabiiy jozibadorlikka urg'u beradi.

Misol: Parijdagi Chloe ko'rgazmasida modellar tabiiy go'zallik ramzi bo'lgan sochlarini yoygan holda podiumga chiqishdi.

Foto: Spotlight

Merilin Monroning Gollivud “to‘lqinlari”

Merilin Monro uslubidagi retro obraz - bu jozibadorlik va hashamat ramzi. Gollivud lokonlari o‘zining hajmi va yorqinligi bilan bizni kinoning oltin davriga qaytaradi, zamonaviy obrazlarga retro muhtashamlik va jozibadorlik ohangini qo‘shadi.

Misol: Milanda Dolce & Gabbana Merilin Monro timsolidan ilhomlanib, o‘z modellariga hashamatli Gollivud lokonlarini taklif qildi.

Foto: Spotlight

Mukammal tekis sochlar

Silliq sochlar kuch va ishonchni anglatadi. Bu oddiy, ammo ta’sirchan ko‘rinadigan qat’iy va shu bilan birga universal uslubdir. Mukammal silliqlikka ega sochlar minimalistik va nafis qiyofa hosil qilib, ortiqcha unsurlardan xoli go‘zallikni taqazo etadi.

Misol: Milanda Versace mukammal tekis sochli modellarni taqdim etdi, ular vazmin va zamonaviy ko‘rinishga ega edi.

Foto: Spotlight

Maqolani baham ko'ring

Related articles

Til tanlash

*Siz sayt menyusidan ham tanlashingiz mumkin