Mugler

Yangi ijodiy direktor

Foto: INSTAGRAM / MUGLEROFFICIAL

Migel Kastro Freytas – boy kasbiy tajribaga ega mohir dizayner. U 2004-yilda nufuzli Central Saint Martins universitetini tugatgan, Dior’da Jon Galliano jamoasida, keyinchalik Stefano Pilati rahbarligidagi Yves Saint Laurent’da va Alber Elbaz bilan Lanvin’da ishlagan, shuningdek, Raf Simons davrida Christian Dior’da dizayn direktori lavozimini egallagan.

“Manfred Terri Mugler XX asrning eng buyuk kutyurlaridan biri bo‘lib, u moda kuchi va chegaralarini yangidan joriy qildi. Men jamoa bilan birgalikda bu merosga o‘z hikoyam va hissiyotlarimni qo‘shishdan mamnunman”, – deydi Migel.

2019-yilda L’Oréal kosmetika giganti tomonidan Mugler sotib olinganidan beri, brend kolleksiyalar yaratish yondashuvini faol ravishda yangilab kelmoqda. Yangi tayinlov esa innovatsiyalarga intilish va modaga yangicha qarashni tasdiqlaydi.

 

Maqolani baham ko'ring

Related articles