Musiqa va Moda: Elle O‘zbekiston qanday jaranglaydi
Xalqaro nashrning musiqa bo‘limi
Birinchi oktyabr — Xalqaro musiqa kunida Elle O‘zbekiston moda va musiqa bir uslubga birlashgan yangi bobni ochadi. Bu ikki dunyo doimo yonma-yon, bir-birini ilhomlantirib, betakror obrazlar yaratib kelgan. Hozir biz musiqa namoyishlardan tortib, to bazmlargacha modaning ajralmas qismiga aylanib borayotganini ko‘rib turibmiz va Elle O‘zbekiston ham ushbu dialogni olib boradi.
Elle O‘zbekiston musiqiy ovozi
Mening ismim Dmitriy Mitchenko va men Elle O‘zbekiston jamoasiga musiqiy muharrir sifatida qo‘shilishdan mamnunman. 15 yildan buyon ushbu sanoatdagi safarim davom etmoqda va shu vaqt ichida men tendensiyalar olamiga, ayniqsa, elektron musiqaga batamom sho'ng'ib ketdim. Men moda va musiqa bir tilda gaplashishiga ishonaman va buni siz bilan baham ko‘rishni sabrsizlik bilan kutyapman.
foto: Volodymyr Proskurovskiy/Unsplash
Musiqa va moda: o‘zaro ilhomlanish
Moda va musiqa — bir-biriga maslakdosh o'zini namoyon qilish tillari. Rok-n-roll 60-yillar uslubini belgilab berdi, hip-hop 90-yillar qiyofasini shakllantirdi, bugungi kunda esa elektron musiqa podiumlar va javonlarga ohang beradi. Masalan, Keinemusik, Peggie Gou va Anyma kabi san’atkorlar shunchaki tarona yaratmaydilar - ular moda uylari bilan hamkorlik qilishadi, ularning musiqasi namoyishlarda yangraydi va moda kompaniyalarining bir qismiga aylanadi.
Pleylistlar va ohang tasviri
Biz Elle O‘zbekiston’ning noyob ovozli qiyofasini yaratamiz va haftalik pleylistlar chiqaramiz. Har bir pleylist hafta kayfiyatini aks ettiradi — podium xitlaridan tortib, fayzli oqshom uchun treklargacha. Bu uslubga urg’u beradigan, obrazni to‘ldiradigan va sizning shaxsiy saundtrekingizga aylanadigan musiqa.
Elle O‘zbekiston qanday jaranglaydi?
Biz o‘zimiz va sizga beradigan savol: Elle O‘zbekiston qanday jaranglaydi? Biz sizga shunchaki navo termasini taqdim etmoqchi emasmiz — bu ohangning o‘ziga xosligi. Biz bu masalani tadqiq qilamiz, hikoyalar va fikrlar bilan o‘rtoqlashamiz, dizaynerlar va moda insayderlarining musiqiy ta'bi haqida gapirib beramiz.
Musiqa va moda bir-birining ajralmas qismidir. Davomi bundan-da qiziq: bu ikki dunyo qanchalik chambarchas bog'liqligini ko'rsatadigan pleylistlar, loyihalar, hamkorliklar.