Navbatdagi Met Gala dress-kodi e’lon qilindi
Tailored for You yoxud “Siz uchun tikilgan”
Metropolitan muzeyi ko‘rgazmasi “Superfine: Black Style tailoring” deb nomlanadi va qora rangdagi liboslarga bag‘ishlangan. Bu o‘ziga xoslikni qayta anglash, boshqa kontekstda o‘zingizning yangi qiyofangizni yaratish strategiyasi va vositasidir.
Bayonotda ta’kidlanishicha, dress-kod “yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish va ijodiy talqin qilishga undash uchun ishlab chiqilgan”. Metropolitan muzeyi ekspozitsiyasining hamkuratori Monika Miller shunday izoh beradi: “Dendizm irq, sinf, jins va hokimiyatga nisbatan shaxsiyat, vakillik va harakatchanlik masalalarini ko‘taradi”.