Nike yangi reklama kampaniyasini taqdim etdi
Olimpiya o‘yinlariga bag‘ishlangan rolik
Amerikaning Nike sport kiyimlari va poyabzallari brendi 2024-yilgi Olimpiya o‘yinlariga bag‘ishlangan yangi reklama kampaniyasini e’lon qildi. Loyiha "G‘alaba hamma uchun ham emas" deb nomlangan.
Rolikda bir nechta sport turlari va ularning yorqin namoyandalari ko‘rsatilgan. Suratga olishda LeBron James, Yannis Adetokunbo, Kobe Bryant, Serena Williams, Sophia Smith, Bebe Wio, Qinwen Zheng, Jakob Ingebrigtsen, Cristiano Ronaldo va boshqalar ishtirok etishdi.
"Agar istasa, har kim g‘olib bo‘lishi mumkin. Biz sport va g‘alabaga intilish aholining turli qatlamlaridagi odamlarni qanday ilhomlantirishi mumkinligini namoyish etamiz", - deya ta’kidladi Nike.