Nordon emas: qanday qilib limonlar yaxshi ko‘rinishimiz uchun yordam beradi

Limonli suv haqidagi uydirma va haqiqatlarga aniqlik kiritamiz

07 Iyun 2024

Limonli suvning foydasi haqida ko‘p eshitamiz. Naomi Kempbell, Gvinet Peltrou va Miranda Kerr kabi jahon yulduzlario‘z intervyularida kunni aynan ushbu ichimlik bilan boshlashini aytayotganlarida, bu moʻjizaga qanday qilib ishonmaysan?! Ammo nutritsiologlar biroz boshqacha fikrda. To‘g‘ri, ushbu ichimlikda maʼlum bir foyda bor. Ammo aynan qanday?

Oldindan aytamiz – bu borada yakdil fikr yo‘q. Eng mashhur maslahat – nonushtadan yarim soat oldin och qoringa limon bo‘lagi solingan asalli iliq suv ichishdir. Bu hazm faoliyatini ishga tushiradi, metabolizmni tezlashtiradi (o‘qing: ortiqcha kaloriyalardan xalos qiladi), yana yuz terisini yaxshilaydi va organizmni toksinlardan tozalaydi. Limonning bu xislati hamma narsaga davo bo‘luvchi “sehrli dori”ni eslatib yuboradi.

Limonli suvning foydasi haqida tibbiy tadqiqotlar juda kam. Suv organizm holatiga ijobiy taʼsir ko‘rsatishi oldindan maʼlum – u terini tozalaydi, umumiy salomatlikni yaxshilaydi va organizmdan zararli moddalarni chiqaradi. Organizmga bunday ijobiy taʼsir o‘tkazish – muntazam suv ichish natijasida sodir bo‘ladi.

Limonli suv nimasi bilan foydali?

Unsplash, Omar Al Ghosson

Ushbu ichimlikning samaradorligini meva va undagi moddalar xususiyatlari bilan bog‘lashadi. Ratsionga C vitaminiga boy mahsulotlarni qo‘shish va suv ichish rejimiga rioya qilish – organizmning yaxshi holatga kelishini sezilarli darajada ta’minlaydi.

Masalan, limon va asalli iliq suv chindan ham metabolizmni tezlashtiradi.

C vitamining manbayi

Agar ratsioningizda meva va sabzavotlar kam bo‘lsa, har kunlik limonli suv porsiyasi – organizmning C vitaminiga ega bo‘lishi uchun yaxshi imkoniyat. U shuningdek, temir so‘rilishi uchun kerak. Bir stakan ichimlikda, agar unga 50 gr limon sharbatini qo‘shgan bo‘lsangiz, quyidagi moddalar bor:

20 mg atrofida C vitamini yoki kunlik meʼyorning 20 foizi;

10 mkg foliy kislotasi;

50 mg kaliy;

oz miqdorda B guruhi vitaminlari.

Agar sitrus mevalarga allergiyangiz bo‘lsa, limonli suvni ehtiyotkorlik bilan ichish kerak.

Yoqimsiz nojo‘ya taʼsiridan biri tish emalining eroziyasi bo‘lishi mumkin. Bu sharbatning suvdagi miqdoriga bog‘liq. PH miqdori 5.6 ko‘rsatkichidan past bo‘lgan suyuqlikni isteʼmol qilish og‘iz bo‘shlig‘i salomatligiga salbiy taʼsir ko‘rsatadi. Limonli suv pH miqdoriga qarab, 2 yoki 3 ko‘rsatkichiga yetishi mumkin.

Limonli suvning foydasi haqidagi uydirmalar yetarlicha. Eng mashhurlarini tahlil qilamiz

Limonli suv ozdiradimi?

Ushbu ichimlik ortiqcha vaznni yo‘qotishga imkon beradi degan fikr bor, ammo bu biroz bo‘rttirilgan. Sitrus mevalar, shu jumladan, limonda pektinlar –  polisaxaridlar bor bo‘lib, ular to‘qlik hissini beradi. Xuddi shunday suv ham ochlik hissini to‘xtatib turishi mumkin. Ammo bir bo‘lak limondan suvga ko‘p miqdorda pektin tushmaydi, shu sababli bunday ichimlik uzoq vaqtga ochlik hissini to‘xtatib turolmaydi. 

Limon suvi shlaklar va toksinlarni yo‘qotadimi?

Avvalo bilishingiz kerakki, “shlaklar” tushunchasi ilmiy hisoblanmaydi. Toksinlar – turli biologik zahar bo‘lib, limon ularni chiqara olmaydi. Suv ham faqat maʼlum bir ortiqcha moddalarni tanadan chiqarishi mumkin xolos. Bunda limonli suv oddiy suvga qaraganda bu ishni yaxshiroq uddalaydi, degan ilmiy dalillar yo‘q.

Limonli suv hazm faoliyatini yaxshilaydimi?

Organizmda suv balansini qo‘llab-quvvatlash OIT tizimiga foyda keltirishi mumkin. Suyuqlik baʼzi bir moddalarni parchalaydi, natijada oshqozon va ichak ozuqa moddalarni yaxshiroq o‘zlashtirali. Suvga limon sharbatini qo‘shish esa bu foydani hech ham ko‘paytirmaydi.

Limon teri ko‘rinishini yaxshilaydimi?

Bu chindan ham shunday.

Askorbin kislotasi – antioksidant, tabiiy yo‘l bilan terini oqartiradi. Ushbu natijaga erishish uchun limonni po‘sti bilan isteʼmol qilish kerak (masalan, ustiga shakar sepilgan kesilgan kichik bo‘laklari), chunki C vitaminining katta qismi aynan uning po‘stidadir. Limonli suv bunday taʼsir ko‘rsatolmaydi.

Limonli suvni qanday qilib to‘g‘ri (mazali) ichish kerak?

Unsplash, Michelle Henderson

MAHSULOTLAR:

1 dona limon

500 ml suv

Asal (taʼbga ko‘ra, 0,5 litr suvga 1 ch.q.dan ko‘p emas)

Muz (xohishga qarab)

TAYYORLANISHI:

  1. Limonni ingichka bo‘laklarga bo‘lib yoki yupqa dumaloq shaklda kesing.
  2. Suvni qanaytib, katta stakanga quying.
  3. Kesilgan limonni suvga soling.
  4. Limon hidi va taʼmi suvga yaxshilab chiqishi uchun ichimlikni 5-7 daqiqaga qoldiring.
  5. Ichimlikni sovitish uchun unga xohishga qarab muz bo‘laklari soling.
  6. Shirinroq bo‘lsin desangiz, asal qo‘shing.
  7. Asal erishi uchun yaxshilab aralashtiring.
  8. Tetiklashtiruvchi va foydali limonli ichimlik tayyor!
Maqolani baham ko'ring

Related articles

Til tanlash

*Siz sayt menyusidan ham tanlashingiz mumkin