“Nur izlab”

Muhammaddiyor Mo‘minov ko‘rgazmasi

Fotо: INSTAGRAM / ILKHOM.THEATRE

Muhammaddiyor Mo‘minov o‘z konsepsiya haqidagi fikrlarini shunday bayon etadi: “Qahramonim eng ko‘p qo‘rqadigan narsa – qorong‘ilikda qolish. U doimo nurga intilib yashaydi va uning har bir asari qalb torlaridan birining in’ikosidir. Ularda uning kechinmalari, his-tuyg‘ulari, dunyoni idrok etishi aks etgan.

Bu turkum qabul qilish haqida. Hatto bir paytlar vahimali tuyulgan narsada ham uyg‘unlik izlash haqida. Va zulmatga qarama-qarshi emas, balki uning bag‘rida tug‘iladigan nur haqida.

Turkumning dastlabki rasmlari faqat och ranglar – sariq, oxra, oq bilan to‘yintirilgan. Biroq keyinchalik palitra asta-sekin o‘zgarib boradi: ranglar teranroq, to‘qroq, to‘yinganroq tus oladi. Bu qahramonning o‘z qo‘rquvi bilan ichki kurashining tasviriy ifodasi. Qahramon qo‘rquvni yengib borgani sari, yangi qarama-qarshiliklar va murakkab rang uyg‘unliklari paydo bo‘ladi. Oxir-oqibat, zulmat endi qo‘rqinchli bo‘lmay qoladi – aksincha, yaxlit manzaraning ajralmas qismiga aylanadi”.

Ko‘rgazma 11-maydan 1-iyungacha soat 11:00 dan 18:00 gacha “Ilhom” teatri foyesida o‘tkaziladi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles