Olimpiya oʻyinlarining yopilish marosimida Billie Ailish chiqish qiladi

Snup Dog hamda Red Hot Chili Peppers ham tomoshada ishtirok etishadi

Fotо: Instagram / paris2024

18-avgust kuni Parij shahrida boʻlib oʻtadigan Olimpiya oʻyinlarining yopilish marosimida Billie Ailish, Snup Dog va Red Hot Chili Peppers kabi xonandalar ishtirok etadi.

San’atkorlar Tom Kruzning sahna ko‘rinishidan so‘ng chiqish qiladi. Mashhur aktyor sahnada mototsiklda bir nechta tryuklarni bajaradi, keyin esa parashyutda Gollivud belgisi yoniga tushadi.

Oldindan yozilga konsertlar Los-Angeles shahridan efirga uzatiladi. “Grammy” mukofoti ustida ishlagan Ben Winston namoyish prodyusseri etib tayinlandi.   

Maqolani baham ko'ring

Related articles