Oriental Fashion Show 2025: to‘y modasi

Sharq jilosi prizmasi orqali to‘y liboslari

09 Fev 2025
fotо: spotlight \ gorjan

Parijdagi yuqori moda haftaligi doirasida Oriental Fashion Show 2025 nafaqat kutyur to‘plamlarini, balki sharqlik yosh dizaynerlarning noyob to‘y liboslarini ham tomoshabinlarga namoyish etdi. Ishtirokchilar orasida Xoniy al-Behairiy, Bernard Jobbur, Sora Mansur va Ra’no Hamrayeva kabi iste’dodlar alohida ajralib turdi, ularning kolleksiyalari tomoshabinlar e’tiborini o‘ziga tortdi.

Xoniy al-Behairiy o‘zining betakror to‘y libosi bilan mehmonlarni lol qoldirdi. Unda murakkab kashtado‘zlik va qimmatbaho matolar ayollarning latofati va siluetlarning nafisligini ta’kidlardi. Uning asarlarida har bir tafsilot ahamiyatga ega bo‘lgan haqiqiy sharqona dabdaba ruhi sezilib turadi.

fotо: spotlight \ Hany el behairy

Bernard Jobbur nozik sharqona ohanglar bilan uyg‘unlashgan minimalizmni tanladi. Uning liboslari sof chiziqlari, soddaligi va aksessuarlari bilan ajralib turardi. Bu esa obrazlarni ham bosiq, ham nafis ko‘rsatardi.

fotо: spotlight \ Bernard Jabbour

fotо: spotlight \ Bernard Jabbour

Sora Mansur to‘y modasiga jasorat va innovatsion qarashni olib kirdi, sharqona dabdabani qayta talqin qilib, yengillik va nafosatni uyg‘unlashtirdi. Uning to‘plami siluetlarning nafisligini fakturalar o‘yini bilan uyg‘unlashtirib, kelinlarga an’analar va zamonaviylikni uyg‘un birlashtirgan g‘ayrioddiy yechimlarni taklif etdi.

fotо: spotlight \ sara mansour

fotо: spotlight \ sara mansour

O‘zbekistonlik dizayner Ra’no Hamrayeva milliy naqshlardan ilhomlanib, o‘z liboslarida o‘zbekona bezaklar va zamonaviy chiziqlarning nozik uyg‘unligini mujassam etdi. Uning asarlari yuqori moda nuqtayi nazaridan qayta talqin etilgan madaniy merosning haqiqiy namunasigа aylandi. Ayniqsa, “kelin salom”ning an’anaviy liboslari alohida e’tiborni tortdi. Ular tufayli dunyo o‘zbek urf-odatlarining go‘zalligi va teranligini ko‘rishga muvaffaq bo‘ldi.

фото: spotlight \ rano khamraeva

Maqolani baham ko'ring

Related articles