Orzudagi qizlar kechasi: unutilmas bayramni qanday tashkil etish mumkin?
Besh kreativ g‘oya

Qizlar kechasi - har bir kelinning hayotidagi alohida voqea. Bu to‘y tashvishlaridan xalos bo‘lib, yaqin dugonalar davrasida dam olish imkoniyatidir. Ushbu kunning muhiti bayram egasining xarakteri va uslubini aks ettirishi lozim. Shu bois ELLE O‘zbekiston sizlar uchun unutilmas qizlar kechasining eng yaxshi formatlari haqida sharh tayyorladi.
Restorandagi bazm
Restoranda xursandchilik qilish yilning istalgan faslida amalga oshirish mumkin bo‘lgan eng maqbul variantdir. Bu do‘stlaringiz bilan turmushsiz hayotingizning so‘nggi oqshomini sevimli joyingizda o‘tkazish uchun qulay imkoniyat. Bunda odatiy mazali taomlar yoki maxsus degustatsiya buyurtma qilish imkoniyati, yoqimli jonli musiqa yoki DJ ijrosi, panoramali manzara yoki barning sokin muhitiga ega har qanday restoran mos keladi. Stolni o‘z didingizga ko‘ra bezatishingiz, hatto xoli xona uchun alohida zalni band qilishingiz mumkin. Bunday tanlovning asosiy afzalligi – tashkiliy tashvishlarning kamligi.

fotо: instagram \ @dianekhouryweddingsandevents
Tabiat qo‘ynidagi piknik
Yilning iliq fasli uchun eng maqbul va tejamkor variant. Parkda piknik uyushtirib, attraksionlarda uchish, tog‘da yoki o‘rmonda tabiatni tomosha qilish mumkin. Chiroyli manzaralar fonida o‘tkazilgan Instagram fotosessiyasi bu yoqimli kunni xotirangizda abadiy saqlab qoladi. O‘ziga xos muhit yaratish uchun choyshablar, shirinliklar solingan savat, ichimliklar va bezak buyumlarini ham (zarlar, yostiqlar, shamlar) oling.

fotо: instagram \ @dianekhouryweddingsandevents
San’at olamidagi badiiy tadbir
Agar g‘ayrioddiy bir narsa qilishni istasangiz, mahorat darsi o‘tkazish ajoyib g‘oya bo‘lishi mumkin. Birgalikda ijod qilish uchun rasm chizishni tanlash mumkin, bu bolalikdan barchaga tanish va sevimli mashg‘ulot bo‘lib, unda har bir kishi muvaffaqiyatga erishishi va o‘ziga xos rasm bilan uyga qaytishi mumkin. Yana bir ommalashgan usul – loydan shakl yasash bo‘lib, bu jarayon g‘oyat tinchlantiradi va ta’sirli kechadi. Taom tayyorlashni yaxshi ko‘radiganlar uchun oshpazlik mahorat darsini uyushtirish va biror lazzatli hamda g‘ayrioddiy taom pishirish mumkin. Bunday muhit jamoani yaqinlashtiradi va yangicha taassurotlar bag‘ishlaydi.

fotо: instagram \ @laramastudio
SPA kuni
To‘ydan oldin kelin uchun to‘y tashvishlari ortidan dam olish va o‘zini tiklash ayniqsa muhim, buni sevikli dugonalari davrasida qilish esa bir necha bor yoqimliroq! Zamonaviy SPA-markazlari hatto qizlar bazmi uchun maxsus dasturlar ishlab chiqqan bo‘lib, mehmonlarga relaksatsiya qiluvchi massaj, sauna, basseyn, skrab va kosmetik muolajalar bilan zavq bag‘ishlashi mumkin. Tasavvur qiling: siz dugonalaringiz bilan hovuz bo‘yida yorqin cho‘milish kiyimida, qo‘lingizda atirgul barglari solingan tetiklantiruvchi kokteyl bilan bo‘lajak to‘y haqida suhbatlashyapsiz. Bundan ham a’loroq nima bo‘lishi mumkin?

fotо: freepik
Shahar tashqarisidagi uyda uikend
Dam olishni davom ettirishni va shaharning shovqin-suronidan xalos bo‘lishni istasangiz, shahar tashqarisidagi mehmonxona yoki kottejga borishingiz kerak. Bunday tadbirning o‘ziga xosligi uning xilma-xilligida: glempingdan tortib to ziyofatbop kechki ovqatgacha. Sevimli filmlarni tomosha qilgan holda pijamali kecha uyushtirish va uni shirinliklar bilan bezatilgan dasturxon bilan to‘ldirish mumkin. Xushhavo va qulay muhit sizga ko‘p zavq baxsh etadi.

fotо: pexels
Какой бы формат девичника вы не выбрали, главное, чтобы он принес вам удовольствие и оставил в памяти только счастливые эмоции от времяпровождения с близкими!