Osiyoning betakror retrit markazlari bo‘yicha yo‘l ko‘rsatkich

Yolg‘iz qolish vaqti

10 Avg 2024
Fotо: Unsplash

Osiyo ko‘plab autentik va o‘zgaruvchan retritlarni taklif qiladi. Balining sokin qirg‘oqlaridan to Hindistonning yuksak ma’naviy markazlarigacha, dunyoning bu qismi o‘z tajribangizni yanada boyitish va va ma’naviy yangilanishni boshdan kechirishingiz mumkin bo‘lgan joylar bilan to‘la. Qarshingizda qadimiy an’analar, tabiat go‘zalliklari va sog‘lomlashtiruvchi muolajalarni o‘zida mujassam etgan Osiyodagi eng yaxshi retritlar to‘plami turibdi. 

Shri-lanka

Shri-Lanka madaniy uchburchagining markazida Ulpota noyob yoga kurorti joylashgan. Bu yoga, ayurveda va mamlakatning an’anaviy qishloq hayoti bir butun bo‘lib birlashgan maskan. Ulpota tog‘lar va sholi maydonlari bilan o‘ralgan sokin vodiyda joylashgan. Serhosil tropik o‘simliklar meditatsiya va amaliy mashg‘ulotlar uchun ideal sharoit yaratadi, ochiq havodagi yoga pavilyonlari esa xotirjamlik va osoyishtalik bag‘ishlaydi.

Bu yerda butun dunyodan kelgan instruktorlar ishlaydi. Dam olish maskani, shuningdek, massaj, o‘tli dorilar va tozalash dasturlarini o‘z ichiga olgan ayurveda muolajalarini ham taklif qiladi. Ular tana va ongga uyg‘unlik va muvozanatni qaytarishga qaratilgan. Bundan tashqari, mehmonlarda sholi yetishtirish jarayonida ishtirok etish, yaqin atrofdagi ibodatxonalarga yoki an’anaviy taomlar tayyorlash bo‘yicha mahorat darslariga tashrif buyurish orqali qishloq aholisining turmush tarzi bilan tanishish imkoniyati mavjud. Shuningdek, piyoda sayr qilish, suzish va yovvoyi tabiatni kuzatishdan zavqlanish mumkin.

Foto: Pexels

Indoneziya

Indoneziya orollarida yoga va serfing kombinatsiyasi tana va ruh uchun mukammal dam olish retsepti ekaniga ishonchlari komil. Yoga&Surf dasturlari yakka tartibdagi darslarga ega boshlovchi syorferlar uchun ham, birinchi asanalarni o‘zlashtirish istagida bo‘lgan tajribalilar uchun ham mos keladi. Kursingizga qarab, sizni ertalabki va kunduzgi yoga darslari, meditatsiya, individual serfing mashg‘ulotlari yoki ularning kombinatsiyasi kutmoqda. An’anaviy indoneziya nonushtasi, tushlik, qahva-breyk va Bali massaj seanslari alishilmasligicha qolmoqda.

Retrit Changu provinsiyasidagi Hind okeani sohilida, Balining janubiy chekkasida joylashgan. Canggu Beach – oroldagi eng yaxshi syorfing joylaridan biri bo‘lib, hamma uchun mos keladi. Uning atrofida ko‘plab barlar, kafelar va do‘konlar mavjud, markazda esa bepul velosiped olib, hudud bo‘ylab sayr qilish mumkin.

Foto: Pexels

Hindiston

Yoga poytaxti Rishikesh retrit ishqibozlari ilhom izlaydigan ko‘plab ashramlarni o‘zida mujassam etgan. Eng mashhur joylardan biri muqaddas Gang daryosi bo‘yida joylashgan Parmarth Niketan Ashramidir. Bu yerda barcha mehmonlar uchun majburiy bo‘lgan rang-barang kechki Ganga Aarti marosimlari o‘tkaziladi. Ashram hind murabbiylari tomonidan ingliz tilida o‘tkaziladigan turli davomiylikdagi yoga kurslarini taklif qiladi. Qat’iy dress-kod va sigaret, alkogol, televizor va vegetarian hisoblanmagan taomlar taqiqi haqida unutmaslik kerak.

Ashramda kun ertalabki meditatsiya va pranayama bilan boshlanadi. Dasturlarga yoga mashg‘ulotlari, ruhiy texnikalar va guru bilan muloqot kiradi. Ishtirokchilar, shuningdek, karma yoga – tozalash va oshxonada yordam berish bilan shug‘ullanadilar. Kun davomida uch marta vegetarian taomlarini qabul qilish ko‘zda tutilgan, shuningdek, ashram chegaralaridan tashqariga chiqish mumkin. Eng muhimi: soat 22:00 ga qadar, ya’ni darvozaning yopilish vaqtiga qadar qaytish kerak.

Foto: Pexels

Tayland

Samui plyajida har qanday didga mos retritlarni taklif qiluvchi Samahita retreati joylashgan: sog‘lomlashtirish, dam olish, detoksikatsiya va hatto ozish retritlari. Bu yerda har kim o‘ziga mos dasturini topadi.

Shuningdek, Samui shahrida yoga darslari rus tilida olib boriladigan Vikasa Yoga Retreat joylashgan. Ushbu markaz tropik qirg‘oqlarda til to‘sig‘idan xavotirlanmasdan yoga mahoratini oshirmoqchi bo‘lganlar uchun juda mos keladi. Vikasa 3-7 kunlik intensiv kurslarni va 30 kunlik to‘liq huquqli o‘qituvchilar dasturlarini taklif qiladi. Mashg‘ulotlar rus, ingliz va tay tillarida olib boriladi, ko‘pincha G‘arb murabbiylari taklif qilinadi.

Foto: Freepick

 

Maqolani baham ko'ring

Related articles