“Oskar”
G‘oliblar ro‘yxati

Gollivudda 97- “Oskar”mukofoti taqdimoti marosimi bo‘lib o‘tdi. Asosiy sovrindorlar Shon Beykerning “Anora”, “Brutalist” va Zoi Saldanalar bo‘lishdi.
Qolgan nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar ro‘yxati bilan tanishing:
“Eng yaxshi film” - “Anora”
“Eng yaxshi aktyor” - Adrian Broudi, “Brutalist”
“Eng yaxshi aktrisa” - Mayki Medison, “Anora”
“Eng yaxshi ikkinchi darajali aktyor” - Kiran Kalkin, “Haqiqiy og‘riq”
“Eng yaxshi animatsion film” - “Oqim”
“Eng yaxshi qisqa metrajli animatsion film” - “Sarvning soyasida”
“Eng yaxshi kiyim dizayni” - “Yovuz”
“Eng yaxshi original ssenariy” - “Anora”
“Eng yaxshi moslashtirilgan ssenariy” - “Konklav”
“Eng yaxshi pardoz va soch turmagi” - “Substansiya”
“Eng yaxshi montaj” - “Anora”
“Eng yaxshi ikkinchi darajali aktrisa” - Zoi Saldana, “Emiliya Peres”
“Eng yaxshi badiiy bezak” - Natan Krouli, “Yovuz”
“Eng yaxshi qo‘shiq” - “Emiliya Peres” filmidan “El Mal”
“Eng yaxshi qisqa metrajli hujjatli film” - “Orkestrdagi yagona qiz”
“Eng yaxshi hujjatli film” - “Boshqa yer yo‘q”
“Eng yaxshi ovoz” - “Dyuna: Ikkinchi qism”
“Eng yaxshi qisqa metrajli badiiy film” - “Men robot emasman”
“Eng yaxshi operator ishi” - “Brutalist”
“Eng yaxshi xalqaro film” - “Men hali ham shu yerdaman”.