Pantone “Grammy 2025”dan ilhom oldi
NYFW ning asosiy ranglari taqdim etildi
![](https://elleuzbekistan.com/wp-content/uploads/2025/02/x-25.png)
Limon o‘ti, qovun qoqi, pushti primula, qishki meva, qaynoq shokolad, chili yog‘i va qizil lola – Pantone instituti tomonidan 2025-2026-yillar Nyu-York moda haftaligi kuz-qish mavsumining asosiy ranglari sifatida belgilandi.
“Nostalgiya hissini uyg‘otadigan uyg‘unlik” – Pantone institutida NYFW uchun ranglar majmuasini tuzishda aynan shu g‘oya asosiy o‘rin tutdi. Pantone instituti ijrochi direktori Leatris Eysmanning ta’kidlashicha, bunday ranglar majmuasini tanlashga o‘tgan “Grammy” taqdirlash marosimidagi qizil gilam tendensiyalari ham ta’sir ko‘rsatgan.