Parijda Louis Vuitton erkaklar kolleksiyasi namoyishi o‘tkazildi

Farrell Williamsning rahbarligi qanday kechmoqda

Foto: INSTAGRAM / LOUISVUITTON

“Remember the Future” nomi bilan Parijda yangi kolleksiya taqdim etildi. Farrell o‘zining 2025-yil bahor-yoz namoyishini aravadagi sandiqlar va orkestr hamda 2000-yillarning ko‘cha modasi bilan uzviy bog‘ladi.

Kolleksiyada Kenzo’ning ijodiy direktori Nigo bilan hamkorlik uning avvalgi to‘plamlariga ishoralar orqali aks etgan. Yapon uslubi ham ko‘zga tashlanadi: brend jamoasi LV monogrammasi shaklini o‘zgartirgan va kasuri matosidan foydalangan.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yil 14-fevralda Farrell Williams Louis Vuitton erkaklar yo‘nalishiga rahbarlik lavozimiga tayinlangan edi.

 

Maqolani baham ko'ring

Related articles