Parijda Yves Saint Laurent gullari ko‘rgazmasi ochildi
U kutyurye ijodidagi gul naqshlariga bag‘ishlangan
Parijdagi Yves Saint Laurent muzeyida kutyurye ijodidagi gul naqshlariga bag‘ishlangan “Yves Saint Laurent gullari” ko‘rgazmasi ochildi. Unda turli davrlarga oid kolleksiyalar mavjud.
Eksponatlar orasida 1958-yilgi somon shlyapa, 1962-yilda Yves Saint Laurent’ning birinchi kolleksiyasidan olingan keng kashtali qora ko‘ylak hamda 1999-yil bahor-yoz kutyur namoyishida Laetitia Casta kiygan atirgullar bilan bezatilgan bikini mavjud.
Ekspozitsiya mart oyida Marokashdagi Saint Laurent muzeyida bo‘lib o‘tgan xuddi shunday ko‘rgazmaning davomi hisoblanadi. Ilk bor ikki muzey qo‘shma loyihani yaratish uchun birlashdi.
Parijdagi Yves Saint Laurent muzeyida “Yves Saint Laurent gullari” ko‘rgazmasiga 2025-yil 4-maygacha tashrif buyurish mumkin.