Parijdagi kutyur moda haftaligi jadvali

U 27-30 yanvar kunlari bo‘lib o‘tadi

Fotо: Spotlight

Parijdagi kutyur moda haftaligi 27-yanvardan 30-yanvargacha bo‘lib o‘tadi. Fransiya yuqori moda va pret-a-porte federatsiyasi qaysi brendlar o‘z kolleksiyalarini qachon namoyish etishini e’lon qildi:

  • Moda haftaligi Schiaparelli uyi namoyishi bilan boshlanadi. Shuningdek, Dior va Giambattista Valli o‘z kolleksiyalarini taqdim etadi;
  • Ikkinchi kuni Chanel namoyishi Parij vaqti bilan soat 10:00 va 12:00 da o‘tkaziladi. Undan so‘ng Giorgio Armani namoyishi 18:00 va 19:00 da bo‘lib o‘tadi;
  • 29-yanvar kuni Alessandro Mikele tomonidan Valentino uchun yaratilgan birinchi kutyur kolleksiyasi va Jean Paul Gaultier uchun taklif etilgan dizayner sifatida Lyudovik de Sen Sernin namoyishi bo‘lib o‘tadi;
  • Yakunlovchi kunda yettita namoyish o‘tkaziladi, ular orasida Koreya madaniyatidan ilhom olgan Londonning Miss Sohee kutyur brendi ham bor.

Parijdagi kutyur moda haftaligining batafsil dasturini Fransiya yuqori moda federatsiyasining rasmiy veb-saytidan ko‘rishingiz mumkin.

Maqolani baham ko'ring

Related articles