Peris Hiltonning onlayn savdolari
Xayriya yarmarkasi

Peris Hilton Los-Anjelesdagi yong‘inlardan jabr ko‘rganlar uchun mablag‘ yig‘ishga o‘z hissasini qo‘shish maqsadida 2000-yillardagi kiyim-kechaklarini sotmoqda. Onlayn savdo
Vestiaire Collective bilan hamkorlikda tashkil etilgan. Allaqachon Louis Vuitton va Juicy Couture’dan tortib Miu Miu’gacha bo‘lgan turli xil mahsulotlar taqdim etilgan.
“Bu kolleksiya ko‘plab xotiralarni saqlaydigan shaxsiy boyliklarim bilan to‘ldirilgan. Menga ko‘p narsa anglatadigan buyumlardan voz kechish har doim qiyin, ammo tushgan mablag‘ xayriya ishlariga yo‘naltirilishini bilish vazifani yengillashtiradi”, – deya izoh berdi Hilton.