Peter Copping Lanvinning ijodiy direktori bo‘ladi

U 2024-yil sentyabr oyidan ish boshlaydi

28 Iyun 2024
Foto: Spotlight
Foto: Spotlight

Britaniyalik dizayner Peter Copping Lanvin kompaniyasining kreativ direktori etib tayinlandi. Brend vakillari ijtimoiy tarmoqlarda Peterning tayinlanishi buyuk fransuz uylaridan birini qayta tiklashda muhim davr ekanligini ta’kidlamoqdalar.

Uning moda olamidagi sayohati 1990-yilda, London Royal College of Art’da o‘qigan va shanba kunlari Christian Lacroix do‘konida maslahatchi bo‘lib ishlagan paytidan boshlangan edi. 2009-yildan beri Copping Nina Ricci’da, 2015-yildan Oskar de la Renta’da va 2021-yildan hozirgi kungacha Balenciaga Couture’da kreativ direktor vazifasida ishlab kelmoqda.

“Janna Lanvin o‘z davrining bashoratchisi bo‘lgan, uning qiziqishlari va ehtiroslari menikiga o‘xshab modadan ancha yiroq bo‘lgan. Lanvin kompaniyasining ijodiy direktori etib saylanganim, atelye va brend jamoasi bilan birgalikda afsonaviy uy tarixida yangi sahifani yozish imkoniyatiga ega bo‘lganim men uchun katta sharaf” - deb yozdi Peter o‘zining ijtimoiy tarmoq sahifalarida.

 

Maqolani baham ko'ring

Related articles