Paul Andrew Sergio Rossi brendining yangi ijodiy direktori etib tayinlandi
Dizayner bundan oldin Salvatore Ferragamo brendida ishlagan
Dizayner Paul Andrew Italiya brendi Sergio Rossining yangi ijodiy direktori bo‘ldi. Ilgari u Salvatore Ferragamo moda uyida ushbu lavozimda ishlagan edi.
2016-yildan buyon Andrew avvaliga Salvatore Ferragamo ayollar poyabzali yo‘nalishi uchun, keyin esa ayollar kolleksiyalarini yaratishda mas’ul bo‘lgan va oxir-oqibat u modalar uyiga ijodiy direktor sifatida rahbarlik qilgan. U brend asoschisi Salvatore Ferragamodan keyin bu lavozimni egallagan birinchi dizayner bo‘ldi.
Dizayner Donna Karan, Calvin Klein, Narciso Rodriguez va Alexander McQueen kabi moda uylarida ishlagan. Bundan tashqari, Paul Andrewning o‘z nomi bilan atalgan poyabzal brendi ham bor.