Pomellato’ning yangi ambassadori
Brend yuzi sifatida aktrisa Filippin Lerua-Bole tanlandi

Pomellato zargarlik brendi Filippin Lerua-Boleni o‘zining jahon ambassadori, deb e’lon qildi.
“Fransuz-italyan aktrisasi sifatida Pomellato’ning italyan hunarmandchiligi va zamonaviy dizaynni uyg‘unlashtirishi menga doimo manzur bo‘lgan. Ularning buyumlari o‘z shaxsiyatini namoyon etadigan ayollarga juda mos keladi. Har bir taqinchoq erkinlik va ijodkorlikni aks ettiradi – bu qadriyatlar mening karyeramni ham belgilaydi”, – deb ta’kidladi aktrisa.