Prada bayonoti: “Biz – Ilonmiz”

Moda uyi o‘z reklama kampaniyasini Xitoy taqvimiga bog‘ladi

Fotо: Prada.com

Prada 2025-yilni yilning bosh ramzi – Yashil yog‘och ilonga ishora qiluvchi reklama kampaniyasi bilan qarshi oldi. Brend halqalari jamiyat tushunchasini ifodalovchi ilon timsolini qayta idrok etdi va tasvirladi. Ferdinand Verderining ijodiy rahbarligida va Oliver Xedli Pirsning fotosuratlari ostida brend elchilari, san’at tarixchilari, rassomlar va me’morlarni ko‘rish mumkin bo‘lgan bir qator inson siluetlari videosi suratga olindi.

Shuningdek, kampaniyada ilonga aylanuvchi egri-bugri arqon ko‘rinishidagi Prada logotipining yangi talqini ham taqdim etilgan.

Kadrda Jia Ling, Li Xian, Ma Long, Ma Yili va Yang Shuyu kabi elchilar tasvirlangan. Fotograf Oliver Hedli Pirs.

Maqolani baham ko'ring

Related articles